SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI«Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuning mazmun mohiyati tushuntirildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuning mazmun mohiyati tushuntirildi
«Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuning mazmun mohiyati tushuntirildi
Filial xo’jalik bo’limi tex xodimlari ishtirokida Qoraqalpog’iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat muhofaza qilish bo’yicha Davlat texnik inspektori M.Tajetdinov tomonidan O’zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonun mazmun mohiyatini tushuntirish bo’yicha uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda filial Ishlar boshqarmasi boshlig’i S.Qaniyazov va filial kasaba uyushmasi raisi G.Kazaxbaevalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda har bir tashkilot mehnatni muhofazasi talablariga rioya etish kerakligin, xodimlarning ish jarayonida baxtsiz hodisalarga uchragan holatda qanday talablarga rioya etish kereligi bo'yicha ma’lumotlar berib o'tdi. Xodimlarga ularning mehnat vazifasini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zarar to’lanishi ko’zda tutilgan miqdorda nafaqa va zarar to’lovlarini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga to’lanishi lozim bo’lgan oyma-oy to’lovlarni to’lanishini haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Mehnat sharoiti noqulay, zararli va ifloslanishlar bilan bog’liq ishlarda mehnat qiluvchilarni gigiena vositalari bilan bepul taminlash huquqini beradigan kasb va lavozimlarni aytib o’tdi.