SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITalabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun tadbirlar tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun tadbirlar tashkil etildi
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun tadbirlar tashkil etildi
Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga sifatli ta'lim berib borish bilan birgalikda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali kayfiyatlarini ijobiy tomonlama yaxshilab borish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2023 yil «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili»da talaba-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini to‘g‘ri va foydali tashkil etish maqsadida dam olish kunlari sport musobaqalari va qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi.
Jami 200 nafardan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olgan ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Bunda o‘g‘il bolalar orasida sportning mini-futbol turidan, qizlar orasida esa voleybol sport turidan musobaqalar o‘tkazilgan bo‘lsa, 12 jamoa ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Har bir talaba o‘z intilish va qiziqishlaridan kelib chiqib ushbu tadbirlarda faol qatnashdi. Qizg‘in baxs va munozaralarga hamda ajoyib taassurotlarga boy tarzda kechgan musobaqa davomida ishtirokchilar ijobiy natijalarni ko‘rsatishga astoyidil intilishdi. «Iqtisodiyot va gumanitar» fanlar kafedrasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbaev barcha o‘yinlarga hakamlik qilib bordi. Qiziqarli mantiqiy savollar bilan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy natijasiga ko‘ra Veterinariya meditsinasi 3-bosqich 306-guruh talabalarining jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishi yo‘nalishi 3-bosqich 312-guruh talabalariga nasib etdi.
Zooinjeneriya yo‘nalishining 2-bosqich 210-guruh talabalaridan tashkil topgan jamoa o‘yinning mutloq g‘olibi bo‘ldi. Qizlar orasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida fahrli birinchi o‘rinni «Jaqsılıq ag‘anıń qızları» egallagan bo‘lsa, Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari 1-bosqich 106-guruh «Jayxun» jamoasi 2-o‘rinni, Zooinjeneriya (baliqchilik) yo‘nalishi 3-bosqich 314-guruh «Lider» jamoasi qo‘lga kiritdi. Barcha g‘oliblar diplom bilan taqdirlandi. Mini-futbol musobaqalari esa davom etadi. Ushbu tadbirlar davomida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlari foydali sarflanishi ta'minlanishi bilan birga mazmunli tashkil etildi. Muhimi, ular ijobiy taassurotlarga ega bo‘lishdi.