Ijarada yashaydigan talabalardan xabar olinmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining mas’ullari hamda tyutorlari talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar olmoqda.
Tashriflar davomida ijarada yashaydigan talabalarning sharoitlari, ularning kayfiyatlari hamda issiqlik ta’minoti tizimining holati o‘rganildi. Talabalar bilan muloqot olib borilib, mavjud muammolar va ularga ijobiy yechim topish borasida suhbat qurildi.
Xonadonlarda yaratilgan sharoitlar hamda isitish tizimi ko‘zdan kechirildi. Shu o‘rinda, talaba-yoshlarga tabiiy gazdan oqilona foydalanish qoidalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.
Xonadon egalari bilan ham muloqot olib borildi. Tyutorlar tomonidan talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha foydali maslahatlar va tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.
Ishchi guruh tomonidan ijara xonadonlarda yashaydigan talabalardan xabar olish muntazam davom etadi. Ma’lumot uchun, ayni paytda filialda tahsil olayotgan talabalardan 357 nafari ijara xonadonlarda istiqomat qilib kelmoqda.
скачать dle 12.1