«Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz» mavzusida o’tkazilgan o’chrashuv
Joriy yilning 17-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14-noyabrdagi 5/18-4/1-6879-sonli xati ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Qoraqalpog’iston Respublikasi xududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurilla Jamalov, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi huzuridagi «Ma’rifatchilar jamiyati» a’zosi, Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan yurist, yuridika fanlari kandidati Xojabay Kabulov, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi Nukus shahar bo’limi mutaxassisi Islam Ametov, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Axmet Seytkamalov va talaba-yoshlar ishtirokida «Ma’rifat va millatlararo bag’rikenglik» shiori ostida «Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda tegishli soha xodimlari mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosatning natijasida 130 dan ziyod millat vakillari bir biri bilan aql yashayotganligi, dinlararo bag’rikenglik g’oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjamiyat bo’lib yashashini anglatib, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalarga asoslanib, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do’stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanishi haqida aytib o’tdilar.
Shuningdek, istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz-xalqimizning tinch va osuda hayoti ekanligi, ko’p sonli millat va elat vakillarining birgalikda, hamkor va hamjamiyat bo’lib umr kechirishi natijasida ularning har biri ma’naviy va madaniy jihatdan boyib, o’zaro munosabatlar ta’sirida ko’p millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalib borayotganligini ta’kidladilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.скачать dle 12.1