“Pedagog xodimlar uchun psixologik trening” o’tkazildi
Filial psixologi M.Allamuratova tamonidan pedagog xodimlarga “Hayot bebaho boylik!” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Unda filialimiz pedagog xodimlaridan 20 nafari ishtirok etishdi.
Psixolog M.Allamuratova o’z so’zida Inson uchun eng qadrli narsa bu hayot ekanligini, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog’liqligini shuningdek, hayot tamosha ham bayram ham emas, hayot mashaqqatli ish ekanligini, hayot men uchun erib tugayotgan sham emas, u mening qo’limda bir lahzaga berilgan va men uni kelajak avlodga tutqizishdan oldin mumkin qadar yorug’roq alanga oldirishga majbur etishim kerak bo’lgan allaqanday ajib masha’l ekanligini bundan tashqari, hayot o’z holicha hech narsani anglatmasligini, hayotning qimmati unda qanday yashay bilish bilan bog’likligini, uni vaqt bilan emas, bajargan ishlarimiz bilan o’lchash kerakligini aytib o’tdi.
Trening davomida pedagog-xodimlardan “Siz qanday insonsiz” testi, “Hayotdan qoniqish darajasini aniqlash” testi, hamda pedagog xodimlarning ijtimoiy-psixologik muhitini o’rganish so’rovnomasi olindi. “Hayotdan qoniqish darajasini aniqlash” testi natiyjasiga ko’ra 16 nafar ishtirokchidan 12 nafari hayotdan qoniqish darajasi o’rtacha va undan yuqori 4 nafari hayotdan qoniqish darajasi juda yuqori natijalarni ko’rsatdi. Demak bundan ko’rinib turibdi ishtirokchilarning barchasi o’z hayotidan mamnun va baxtli yashab kelmoqda.
Psixolog M.Allamuratova
скачать dle 12.1