Ruhiy salomatlikni asrash va stress holatlarini oldini olish
Filial psixologi M.Allamuratova tamonidan talaba-yoshlarga “Ruhiy salomatlikni asrash va stress holatlarini oldini olish” mavzusida seminar o’tkazildi.
Unda Veterinariya meditsinasi yo’nalishi 1-bosqich 104-guruh talabalari va guruh tyutori T.Jusipbekov hamda Zooinjeneriya yo’nalishi 1-bosqich 112-guruh talabalari va guruh tyutori J.Mambetniyazov ishtirok etishdi.
Psixolog M.Allamuratova o’z so’zida bugungi seminar mavzusi maqsadi va vazifalari kutilayotgan natijalari bilan tanishtirdi. Sog’lom tana, sog’lom aql, sog’lom idrok, sog’lom ruh-har bir insonda mushtarak bo’lishi shart. Salomatlik – nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki, to’liq jismoniy, ruhiy, ijtimoiy xotirjamlik holatidir. Stress – bosim, tanglik ruhan zo’riqishlik degan manolarni anglatadi. Psixolog tamonidan talabalarga ruhiy salomatlik haqida va stress holatlarini oldini olish, stresslardan qanday chiqish yo’llari aytib o’tildi va har qanday vaziyatda psixologdan maslahat olishlari mumkinligini yana bir bor takrorlab o’tdi.
скачать dle 12.1