Tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasida davra suhbati bo’lib o’tdi
Mustaqillikni mustahkamlovchi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi me’zon, xalq xohish-irodasi va istaklarini o‘zida ifoda etuvchi huquqiy asos Konstitusiya hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 29 yil bo’lib, mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar, jamiyatning barcha jabhalaridagi yutuqlarda bosh qomusimizning hissasi ulkandir.
Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. 4-dekabr Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali “Tabiiy va gumanitar fanlar” kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda “Tabiiy va gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Konstitutsiya haqida so’z yuritilib, unda inson, uning hayoti, erkinligini, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilganligi, inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligi, siyosiy plyuralizm prinsipining mustahkamlab qo’yganligi, xalq hokimiyat manbai deb e’tirof etganligi haqida so’z yuritilib, uning huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi roli haqida ta’kidlandi.
“Tabiiy va gumanitar fanlar” kafedrasi
скачать dle 12.1