Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalar
Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidan o'rin olgan oliy ta’limdagi o‘zgarishlar rejasi haqida:
Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkaziladi;
2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;
davlat oliygohlari bosqichma-bosqich mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilaydi. Ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 25 foizdan 12 foizga tushiriladi.
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan:
xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi;
talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;
oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi;
doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi;
11 ta tibbiyot oliygohi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi;
ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy taʼlim grantlari yildan yilga oshirib boriladi va 2026-yilda 6 mingga yetkaziladi.
скачать dle 12.1