Davlat tili nufuzini oshirish – davr talabi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli hamda 2020-yil 20-oktabrdagi «2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning 25-may kuni Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori Odinaxon Jamoldinova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Muyassar Saparniyazova, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Shahlo Yo‘ldosheva, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD M.Kurbaniyazov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti O.Yusupovlar tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida ishchi guruh a’zolari filial o‘zbek tili stajyor-o‘qituvchisi N.Kurbanbayeva bilan Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “O‘zbek tili” hamda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida fanlarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, talabalarni fanlarga qiziqishini oshirish, “O‘zbek tili” hamda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanlaridan o‘quv-metodik komplekslarni filialda o‘qitiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlariga mos tarzda tuzish, sohaga oid terminlarning izohli lug‘atini yaratish bo‘yicha qator tavsiyalar berib o‘tildi. Shu bilan birga, filialda olib borilayotgan rasmiy ish qog‘ozlarining davlat tilida yuritilish tartibi o‘rganildi. Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan rasmiy ish qog‘ozlarining filialdagi ta’lim yo‘nalishlari uchun tuzilgan namunalarini yaratish, talabalarga yanada qulay bo‘lishi uchun sohaga oid bo‘lgan matnlarni to‘plash hamda tahlil qilish singari vazifalar begilab berildi.
Nasiba Kurbanbayevaскачать dle 12.1