Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti Nukus filialida 1 ta 50 o’rinlik Talabalar turar joyi mavjud bo’lib, ikki yarusli krovatlarning o’rnatilishi bilan 75 o’rinni tashkil etadi. Talabalar turar joyiga joylashish uchun talabalar filial direktoriga yozma ravshda ariza bilan murojaat qilib, arizalar komissiya bilan ko’rib chiqilib, birinchi navbatda ariza beruvchi talabalarning ijtimoiiy kelib chiqishiga qarab (chin yetim, yarim yetim, nogiran, temir daftar, ayollar va yoshlar daftari, kam ta’minlangan, bir oilada ikki to’lov-shartnoma asosida o’qiydigan talaba va hokazalar) talabalar TTJga joylashtirilgan. Hozirgi vaqtda TTJda 75 nafar talaba, shundan 45 nafar qiz talaba istiqomat qilmoqda.
фильмы бесплатно