SAMARQAND MÁMLEKETLIK VETERINARIYA MEDICINASI, SHARWASHILIQ HÁM BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NÓKIS FILIALI FILIAL TARIYXI » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

FILIAL TARIYXI

Oliy ta`lim islohatlar sharoitida O’zbekiston Respublikasi agrosektorida, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yangi iqtisodiy munosabatlar mavkeasi va innovacion rivojlanish yo’li imkoniyatlari saqlanib rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. 

  Samarqand veterinariya medicinasi instituti respublikamizning qishloq xo’jaligida veterinariya medicinasi, veterinariya, zooinjeneriya, biologiya fanlarining rivojlanishiga hissa qo’shayotgan hamda ilmiy, ilmiy pedagogik kadrlar va etuk mutaxassislar tayyorlashda o’z hissasini ko’shib kelayotgan oliy ta`lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15-16 noyabr` kunlari Qoraqalpoǵiston respublikasiga tashrifida Qoraqalpoǵistonda  chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik va veterinariya xizmatlarini rivojlantirish va ushbu sohaga oliy ma`lumotli etuk, raxobatbordosh,  kadrlarni tayyorlashga katta e`tibor qaratilishini ta`qidlab o’tgan edi.      

   Samarqand veterinariya medicinasi instituti Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi  №926-sonli qarori asosida tashkil etildi.

Filialning direktori 2018 yil 1-dekabrida biologiya fanlar doktori (DSc), professor Esimbetov Adilbay Tlepovich tayinlandi.

   O’zbekiston Respublikasi Prezidentiniń 2022 yil 31 martdagi «Veterinariya va chorvachilik tarmoqlarida kadrlar tayyorlash tiziminiSamarqand veterinariya medicinasi instituti faoliyati ko’lamini kengaytirish, xalqaro nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tizimli olib borish, innovacion ta`lim va texnologiyalar transferini qo’llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta`lim va ishlab chiqarishni uzviy boǵlash, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish koncepciyasiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Samarqand veterinariya medicinasi institutining Toshkent va Nukus filiallari tegishli ravishda Universitetning Toshkent va Nukus filiallari deb qayta nomlandi. 

   Universitet va SDVU Nukus filiali O’zbeksiton Respublikasi  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi tizimida faoliyat yuritadi.

   Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga yangi bakalavriat ta`lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro’yxati tasdiqlandi.

Samarqand veterinariya medicinasi institutining tarkibidagi Nukus veterinariya medicinasi texnikumi universitet tarkibiga o’tkazildi.

   Xozirda filial mintaqada veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya va agrotexnologiya sohalarida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zamonaviy ta`lim yo’nalishlarini inobatga olgan holda, kafedralarining ilmiy faoliyatini soha va tarmoqlar muammolarining echimiga yo’naltirish maqsadida faoliyat olib kelmoqda.

O’quv jarayoniga xorijiy professor-o’qituvchilarni tanlov asosida jalb qilish va filial professor-o’qituvchilarining xorijiy oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish choralari rejalashtirilgan.

SDVU Nukus filiali hozirda Nukus shahri A.Otepova ko’chasi 31 joyda umumiy kampus maydoni 3,7 ga joyda joylashgan. Filialda 3 o’quv binosi zamonoviy o’quv xonalari, 9 o’quv laboratoriyasi, 1 ta Veterinariya o’quv tajriba klinikasi, 3 kompyuter sinfi talabalarning tahsil olishi uchun o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan kutubxonasiga egadir. 

2021-2024 Filialda jismoniy tarbiya darslarini o‘tish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish hamda jamoaning sport bilan shug‘ullanishi uchun 1 ta yopiq, 2 ta ochiq turdagi sport maydonchalari va mini futbol maydonchalari mavjud va sport anjomlari bilan ta’minlangan. Filialda 2022-yil 25-fevral 347-sonli guvohnoma bilan O’zbekiston talabalar Assosatsiyasi filialning «SDVMChBU NF» sport klubi tashkil etilgan.

      Filial talabalari uchun sifatli ta`lim berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi veterianriya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, tayanch ta`lim  yurti Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Qoraqalpoǵiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridan shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya hayvonlar kassaliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazi tajoibali professor-o’qituvchilari va mutaxassislari tomanidan gumanitar, tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars mashǵulotlari tashkillashtirilgan.

2021-2024 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan etakchi oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasi huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarida filial ilmiy-pedagog xodimlaridan 8 nafar PhD muvaffaqiyatli himoya qilib ilmiy darajalarga ega bo‘lgan. Filialda oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti (doktorantura) tashkil etilgan, hozirda doktoranturada 1 nafar (2 bosqich), tayanch doktoranturada 11 nafar (1 bosqichda – 2 nafar, 2 bosqichda - 5 nafar, 3 bosqichda - 4 nafar),  1 nafar stajyor tadqiqotchi tahsil oladi. Jami 66 nafar professor-o‘qituvchilardan 15 nafari mustaqil izlanuvchilik asosida dissertatsiya tadqiqotlarini olib boradi. 

      Filialda Axborot texnologiyalari bo’limi, filial Kengashi, Boshlanǵich kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar kengashi, Ustoz-murabbiy kengashi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlanǵich tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. 

Hozirda filial missiyasi sifatida Qoraqalpoǵiston Respublikasining veterinariya va zooinjeneriya sohasida etuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Respublikada munosib tan olingan muassasa sifatida faoliyat ko’rsatishga barcha imkoniyatlar yo’naltirilgan.

      Filialning ta`lim sohasidagi asosiy maqsadi – ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ko’rsatmalarga, texnologiyalarga, ta`lim olish hamda xizmat ko’rsatishga qaratilgan davlat, jamiyat va buyurtmachilarning talab extiyojlarini kondiradigan sifatli oliy malakali bitiruvchilar bilan domiy ta`minlash. Bundan tashqari filialdabitiruvchilar kompetentligi va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini ta`minlovchi, oliy ta`limning mutaxassislariga ko’yiladigan davlat ta`lim standartlar talablarini bajarish boshli siyosatlaridan biri hisoblanadi.  

Filial rahbariyati sohaga oid Respublikamizning va Rossiya, Qozoǵiston  ilmiy-tadqiqot institutlari veterinariya hamda qishloq xo’jalik oliy ta`lim muassasalari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan.

Hozirgi vaqtda Filial tarkibida “Veterinariya va zooinjeneriya” 1 ta fakultet, 4 ta (3 ta mutaxassis chiqaruvchi, 1 ta fakultetlararo) kafedra, 20 ta bo‘lim1 ta texnikum faoliyat ko‘rsatmoqda.

Filial kunduzgi ta’lim shaklida 12 ta, sirtqi ta’lim shaklida 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklarida - 1108 nafar (kunduzgi – 711 nafar, sirtqi – 359 nafar va 38 nafar magistr) talabalar tahsil olmoqda. Filial mavjud tarkibiy tuzilmasi bakalavr va magistrlarni tayyorlash imkonini beradi. 

Filialda 2022-2023 o‘quv yilida 3 nafar (1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta  “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti)  2023-2024 o‘quv yilida 4 nafar (1 ta “Prezident” davlat stipendianti, 1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti,  1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta  “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti), 2024-2025 o‘quv yilida 5 nafar talaba (1 ta “Prezident” davlat stipendianti, 1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Beruniy”nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta  “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti)  davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. 

фильмы бесплатно